Foto: daily star
“Bornmut” “Liverpul”dan uchralgan yirik magʻlubiyatdan soʻng bosh murabbiyni isteʼfoga chiqardi. Bu haqda "afcb" xabar berdi.
Skott Parker jamoasi 27-avgustda “Enfild”da APL 4-turi doirasida 0:9 hisobida yengildi.
Parker “Bornmut”ga oʻtgan yilning yozida kelgan va u bilan 3 yillik bitim tuzilgan edi. U ilk mavsumdayoq jamoani Chempionshipdan Premyer-ligaga qaytargandi.
“Bornmut” ushbu mavsum “Aston Villa” (2:0)ga qarshi oʻyindagi gʻalaba bilan boshladi, ammo shundan soʻng Angliya chempionatida ketma-ket uch bor magʻlubiyatga uchradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling