Sankt-Peterburgda qurollangan o'zbekistonliklar kalyan barida odamlarni garovga oldi

Ularning yonida pichoqlar, kastetlar va to'pponcha bo'lgan

Foto: VisaSam<br>

Foto: VisaSam

Sankt-Peterburgda kalyan barda odamlarni garovga olgan migrantlar qo'lga olindi. Bu haqda "Фонтанка" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa 20-avgust kuni shahar markazida sodir bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, olti nafar xorijlik fuqarolarni pichoq bilan qo'rqitib, garovga olgan.

Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgan. Ular 18 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan uch ayol va uch erkakni hibsga olishga muvaffaq bo'lishgan.

Muhojirlardan 3 ta pichoq, kastetlar, metall quvurlar, mobil telefonlar va pnevmatik qurol musodara qilingan.

Ma'lumotlarga qaraganda, qo'lga olinganlarning aksariyati O'zbekiston fuqarolaridir. Hozirda jinoyat ishi qo'zg'atish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling