Foto: Teznews
"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonunga o'zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 (hozir — 10) baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.
Shuningdek, otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 (hozir — 10) barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling