Foto: DW
Pxenyan Shimoliy Koreyani yadroviy davlat deb e'lon qiluvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda RBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qonun, agar Pxenyan dushman tahdidini yaqinlashib kelayotgan deb hisoblasa, yadroviy zarba berish huquqini beradi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakati hech qachon yadro qurolidan voz kechmasligini aytdi.
Ma'lum qilinishicha, KXDR 14-chaqiriq Oliy xalq assambleyasi 7-sentyabrdagi sessiyasida “Yadro quroli bo‘yicha siyosat” deb nomlangan dekretni qabul qilgan.
Hujjat yadro qurolining maqsadi, yadro kuchlarining tarkibi, ularni boshqarish va nazorat qilish, yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha qarorlarning bajarilishini ta’minlash, ulardan foydalanish tamoyillari va shartlari, safarbarlik, xavfsiz saqlash, himoya qilish, ommaviy mustahkamlash, yangilash va boshqalar to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan 11 banddan iborat.
“Yadro qurolini boshqarish va nazorat qilish” haqidagi uchinchi bandda KXDR rahbari ularni tasarruf etish huquqiga egaligi va “yadro quroliga oid barcha qarorlarni qabul qilishi” qayd etilgan.
Shuningdek, Shimoliy Koreya tomonidan yadro qurolidan foydalanish shartlari belgilandi:
- KXDRga yadro yoki boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llagan holda hujum qilish, shuningdek, bunday hujum tahdidi “yaqin” deb hisoblanganda;
- davlat rahbariyatiga va yadroviy kuchlar qo'mondonligi rahbarlariga hujum;
- mamlakatning strategik ob'ektlariga hujum qilish;
- urush ko'lamining kengayishini oldini olish, shuningdek urushda tashabbusni qo'lga olish zarurati tug'ilganda favqulodda vaziyatlarning paydo bo'lishi;
- boshqa mamlakatlarning mavjudligi va odamlar hayotiga tahdidning paydo bo'lishi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling