Putin Ukraina razvedka xizmatlarini Qrim ko‘prigini buzishda aybladi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar mamlakatning muhim infratuzilmasiga zarba berishgan

Foto: NYT

Foto: NYT

Qrim ko‘prigining buzilishi terakt bo‘lib, uning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bistrikin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Putinning soʻzlariga koʻra, mualliflar, buyurtmachilar va ijrochilar Rossiyaning muhim fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishgan.

Bastrikin “terrorizm” moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilganini eʼlon qilib, prezidentga gumonlanuvchilarning shaxsini maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, portlashni tashkil etishda Ukraina maxsus xizmatlari, Rossiya va xorijiy davlatlar fuqarolari ishtirok etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling