Foto: Ideanomics.ru
Rossiyaliklar G‘arbning yirik aktivlariga sarmoya kiritish uchun Bridgewaters venchur fondi va unga aloqador kompaniyalardan foydalangan. Bu haqda The Wall Street Journal korporativ hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Silikon vodiysida lidar tizimlar va unga aloqador texnologiyalarni ishlab chiquvchi "Quanergy Systems Inc" texnologik startapida fevral oyida rossiyalik sarmoyador — biznesmen Alisher Usmonov paydo bo‘lgan.
"Wall street Journal"ga ko'ra, Quanergy Systems Inc’ning qariyb 16 foizi San-Fransiskoda joylashgan "Rising Tide V LLC" fondiga tegishli bo‘lib, u esa Usmonov sarmoya kiritadigan "Bridgewaters" fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
"Quanergy" o‘z hujjatlarida Usmonov "Rising Tide V" kompaniyasida katta ulushga egalik qilganini ko‘rsatgan, deyiladi xabarda.
Usmonovning vakili u “Rossiyadan pul olib chiqish” uchun investitsiyalardan, shu jumladan, Quanergy’dan foydalangani haqidagi da’volar “yolg‘on va haqoratli” ekanini aytgan.
Quanergy — GTI fondining (Usmonov uning minoritar aksiyadori) investitsiyalaridan biri hisoblanadi.
"Alisher Usmonov "GTI" aksiyalarining kichik paketiga bilvosita egalik qilsa-da, kompaniya qoidalariga ko‘ra, fondning qandaydir qarorlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi yoki uni boshqara olmaydi. Usmonov o‘zining halol daromadlarini yuqori texnologik aktivga sarmoya sifatida kiritgani bilan bog‘liq hech qanday muammolarni ko‘rmayapmiz, so‘nggi 20 yildan buyon u buni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda”, — dedi Usmonovning matbuot kotibi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling