Buxoroda qurib tugatilmagan bino qulab tushdi

Hodisa oqibatida bir nafar quruvchi tan jarohati olgan

Foto: t.me/PvBux

Foto: t.me/PvBux

Buxoro shahar T.Farog'iy ko'chasida qurilishi tugallanmagan bino qulab tushdi. Bu haqda Buxoro viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi. 

FVB xabariga koʻra, 31-oktyabr kuni soat 16:03 larda Buxoro shahar “Doʻstlik” MFY T.Farogʻiy koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan “Kogon Quruvchi montaj” MCHJga qarashli 3-qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida binoning yuk konstruksiyalari qulagan.

Mazkur qurilishi tugallanmagan binoda 49 yoshli quruvchi bino qulashi oqibatida tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bogʻliq oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling