Toshkentda Lexus bilan to'qnashish oqibatida Captiva yonib ketdi

Haydovchilar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

Foto: IIB YHXB<br>

Foto: IIB YHXB

Toshkentning Yunosobod tumanida Lexus va Captiva toʻqnashuvi oqibatida Captiva yonib ketdi. Bu haqda IIB YHXB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 7-noyabr kuni soat taxminan 22:00 atrofida tumanning Alisher Navoiy - Zarafshon koʻchalari kesishgan chorrahasida sodir boʻlgan.

Foto: IIB YHXB<br>

Foto: IIB YHXB

Unga koʻra, Lexus rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 53 yoshli fuqaro 21 yoshli haydovchining boshqaruvida boʻlgan Captiva mashinasi bilan toʻqnashuv sodir qilgan. Oqibatda Captiva rusumli mashinada yongʻin sodir boʻlgan.

Voqea oqibatida Lexus va Captiva haydovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar