Toshkentda yomg'ir yog'ganidan so'ng shahar havoning ifloslanishi bo'yicha 3-o'ringa tushdi

Atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq muammolar noto'g'ri ekologik usullarni qo'llash natijasida yuzaga kelgan

Toshkent shaharlar reytingida havoning ifloslanishi bo'yicha dunyoda uchinchi o'ringa tushdi. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.

17-oktyabr kuni "O‘zgidromet" havosining ifloslanishi bo'yicha Toshkent shahri dunyoda birinchi o'ringa chiqqanini ma'lum qilgan edi. Biroq, 18-oktyabrga o'tar kechasi yog'gan yomg'irdan so'ng ushbu ko'rsatkich birinchi o'rindan uchinchi o'ringa tushdi.

Qayd etilishicha, atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq muammolar qazib olinadigan yoqilg'idan ortiqcha foydalanish, sifatsiz yoqilg'idan foydalanish, shuningdek, ko'p miqdorda yoqilg'i yoqish kabi noto'g'ri ekologik usullarni qo'llash natijasida yuzaga kelgan.

Ma'lum qilinishicha, PM-2,5 indeksi 75,5 mkg / m³ ga yetadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich sog'liq uchun xavflidir.

Shuningdek, O‘zgidrometning qo'shimcha qilishicha, "yo‘llarni sug‘orish va tozalash, qurilish maydonchalarida changlanishni kamaytirish, chiqindini o‘z vaqtida yig‘ishtirishga e’tiborni kuchaytirish zarur. Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun shaharni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish zarur".

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling