Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi
“O‘zgidromet” mutaxassislari Toshkent shahridagi havo sifatini tekshirdi, deb xabar bermoqda markaz matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, 10-oktabr holatiga koʻra, poytaxtdagi meteorologik sharoit shahar havosi havzasida ifloslantiruvchi moddalarning zaif toʻplanishiga sabab boʻlgan.
Gidrometeorologiya markazi mutaxassisi Erkin Abdulaxatov ham vaziyat havas qilarli darajada emasligini aytib o'tgan.
Mutaxassis fikricha, poytaxt havosi muttasil doimiy boʻlmasada, ora-orada nafas olib boʻlmas darajada ifloslanmoqda. Baʼzan oʻta zich transport harakati effekti Oʻzgidromet statsionar postlari maʼlumotida ham koʻrinib qoladi.
Qayd etilishicha, 2 oktyabr erta tong soat 07.00 da poytaxt havosi bir muddat nafas olib boʻlmaydigan darajada ifoslangan. Asosiy manba karbonat angdridning keskin oshib ketishida ma'lum bo'lgan. Oʻshanda PM-2,5 mayda dispers zarrachasi ham meʼyordan ortib ketgan.
Ma'lum qilinishicha, soch tolasidan 40 barobar kichkina deyarli koʻrinmas PM-2,5 mayda dispers zarrachalarining havoda meʼyordan koʻp boʻlishi kishilar nafas olganda hech qanday toʻsiqlarsiz, oʻpka toʻqimalariga urilib, toʻgʻridan toʻgʻri qon orqali yurakka yetib borish xususiyatiga ega. Bu tabiyki inson salomatligi uchun oʻta xavfli jarayon hisoblanadi.
"Poytaxt havosidagi vaziyat va kelgusi prognozlar shundoq ham u darajada havas qilarli emas. Ekologiya, atrof-muhitga eʼtiborli boʻlaylik", — deydi ekspert.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling