Foto: Xabardor.uz
12-sentyabr kuni respublikaning ayrim hududlarida chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 12-sentyabr kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shunindek, respublika bo‘yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati 23-28 darajani tashkil etadi.
Ma'lum qilinishicha, poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26 daraja bo‘lishi mumkin.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling