Foto: Indianexpress.com
Ilon Mask kompaniyani sotib olish bo‘yicha 44 mlrd dollarlik (43,7 mlrd yevro) kelishuvni yopish uchun muddatdan oldin Twitter shtab-kvartirasiga ko'chib o'tayotgani aks etgan videoni joylashtirdi.
Ilon Mask, Twitter profilini o‘zgartirib, o‘zini "Shef Twit" deb atadi va o‘zining San-Fransiskoda joylashgan Twitter shtab-kvartirasi deb e'lon qildi.
Shuningdek, Mask Twitter'ga o'zining "rakovina"si bilan Twitter shtab-kvartirasiga ko'chib o'tayotgan videosini joyladi.
Avvalroq, sud Maskga kompaniyani sotib olish bo'yicha aprel oyidagi kelishuvini yopish uchun jumagacha muhlat bergandi, sababi u avvalroq kelishuvdan qaytmoqchi bo'lgan.
Ilon Mask ham, Twitter ham hozircha kelishuv yopilgan-yopilmaganligini tasdiqlamagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling