Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmatining xabariga koʻra, prezident Sadir Japarov Oʻzbekiston bilan chegara kelishuvini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzolagan.
Maʼlum qilinishicha, Sadir Japarov “Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari toʻgʻrisida 3-noyabr kuni Bishkekda imzolangan shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonunni imzolagan.
Qonun Jokorgu Kenesh tomonidan 2022-yil 17-noyabrda qabul qilingan.
Qonun bilan 2022-yil 3-noyabrda Bishkekda imzolangan Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish taklif etiladi.
Shunday qilib, 3-noyabr kuni Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari toʻgʻrisida 302,29 kilometr uzunlikdagi uchastkalarni oʻz ichiga olgan shartnoma imzolangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling