Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari
Energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida elektr energiyasi eng koʻp isrof qilinayotgan holatlar haqida maʼlumot bergani haqida xabar bergan edik.
Ma'lum qilinishicha “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Unga koʻra, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Toshkent shahrida elektr energiyasi sarfini 10 foizga tejash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari
Natijada, jamiyat tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarni elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishlarini taʼminlash maqsadida joylarda targʻibot–tashviqot va kechki reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling