Oʻzbekistonda soʻnggi ikki yilda noqonuniy olib kelingan sigaretlar hajmi 4 foizdan 15 foizga oshdi. Bu haqda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kontrabandaning eng katta miqdori Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Xabarga ko'ra, Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 22,8 foizni tashkil etadi.
Boshqa mintaqalardagi noqonuniy olib kirilgan sigaretlar hajmi quyidagicha:
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari – 21%;
Toshkent viloyati - 15,4%;
Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida – 9,8 foiz;
Sirdaryo viloyati – 9%.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling