Namanganda 27,5 KVolt kuchlanishdagi tok urgan bola tirik qoldi

O'smir elektropoyezd harakatlanishi uchun o'rnatilgan simyog'ochlarga chiqmoqchi bo'lgan

Videodan kadr

Videodan kadr

19-sentyabr kuni soat 19:05 larda 16 yoshli bola Namangan tumani Mirishkor mahallasi hududidan oʻtuvchi “Toʻraqoʻrgʻon — Bogʻiston” temir yoʻlining 81 kilometri birinchi piketida temir yoʻl izining yon qismidagi yuqori kuchlanishli simyogʻochiga chiqib, suratga tushmoqchi boʻlgan.

Shu vaqtida uni 27 500 volt kuchlanishdagi elektr toki urib, jarohat olgan va tuman tez tibbiy yordam boʻlimining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

“Bemor jonlantirish boʻlimiga kelgan vaqtida shok holatida edi. Koʻrsatilgan muolajalardan soʻng shok holatidan chiqarildi. Hozirda bemor holati stabil”, — dedi shifokor.

Bemor boʻlgan voqeani quyidagicha izohladi.

“Poyezd yoʻlida, ustundagi simga tirmashib chiqdim. Oʻsha simni ochiq joyi bor ekan, shu yeriga qoʻlim tegib shunday holatga tushib qoldim. Koʻzimni ochib qarasam shifoxonada yotibman. Boshqa qaytarilmaydi”, — dedi bola.

Sodir boʻlgan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi masʼullari tomonidan muhokama oʻtkazildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling