Chery O’zbekistonda yangi TIGGO 8 PRO MAX’ni rasman taqdim etmoqchi

TIGGO 8 PRO MAX’ning ishga tushirilishi uni TIGGO 8 PRO, TIGGO 7 PRO, TIGGO 4 PRO va ARRIZO 6 PRO bilan bir qatorda Chery PRO oilasining yangi a’zosiga aylantiradi.

 Yangi modelga yangi quvvat tizimi, aqlli to'liq uzatma, hamda butun dunyo bo'ylab haydovchilarga yangi haydash tajribasini bag’ishlovchi yangi ishlangan aqlli texnologiya konfiguratsiyasiga ega bo’ladi.

Samaradorlikning yaxshilanishi mukammal ta’minotni bag’ishlaydi.

Yangi TIGGO 8 PRO MAX’ning sezilarli ilg’orlashishi yangi 2.0TGDI dvigatelidan foydalanishdadir, u 1000 dan ortiq ilmiy-tadqiqot bo’limi xodimlarining 48 oy davomidagi sa’y-harakatlarini aks ettiradi va Chery’ning to‘liq texnik kuchini namoyish etadi.

Maksimal quvvati 187 kVt va maksimal aylanma momenti 390 Nm bo'lgan 2.0TGDI dvigateli Miller tsikli texnologiyasi, CVVl texnologiyasi, ikkinchi avlodga tegishli aqlli harorat boshqaruv tizimi, ikkilangan valni balans holatda ushlash texnologiyasi, o'ta tezkor javob qaytarish tizimi, shuningdek, so’nggi avlodga tegishli haroratni nazorat qilish original aqlli tizimi va 38,2% gacha issiqlik samaradorligini ta’minlaydigan to'liq o'lchamli integratsiyalashgan ishqalanishni kamaytiruvchi texnologiyasini o’z ichiga olgan. Bundan tashqari, 7DCT uzatmalar qutisi va ichidan yoritilgan moslashtirilgan selektor dastagi tufayli yangi TIGGO 8 PRO MAX 100 km tezlikka erishish uchun bor-yo‘g‘i 7,3 soniya vaqt sarflaydi, yuz kilometrga yonilg‘i sarfi esa atigi 7 litr yoqilg’ini tashkil etadi. Yuqori unumdorlik va yoqilg'ining kam miqdordagi sarflanishi haydash zavqini keltiradi.

Bundan tashqari, yangi TIGGO 8 PRO MAX Chery kompaniyasining so‘nggi avlod elektron boshqaruvli to’liq uzatmali aqlli boshqaruv tizimi bilan jihozlangan – to’liq xususiyatli va to’liq uzatmali aqlli boshqaruv tizimi bo’lib, u 6 ta haydash rejimi o‘rtasida osongina o’zgarishi mumkin: tejamkorlik, oddiy, sport, kemping, chang‘i va yo’lsizlikda 100 m/soniya vaqt tezligida to'liq uzatmaga o'tish qobiliyatiga ega. Shuningdek, podshipniklarning kuchli chiqish aylanma momenti va 0 dan 3000 Nm’gacha tez o’zgarishi, hamda 45% gacha balandliklarni yengish qobiliyati tufayli yangi TIGGO 8 PRO MAX ko'lmak, loy, chuqurlar kabi notekis yo'l sharoitlarida erkin harakatlanadi va tik qiyaliklarga osongina ko'tariladi.

Salonning aqlli yangilanishi

Aqlli yangilanishning kenglashishidan so'ng, yangi TIGGO 8 PRO MAX Chery kompaniyasining bir qator asosiy texnologik konfiguratsiyalari bilan jihozlangan. Yangi 24,6 dyuymli aqlli ikki tomonlama ekran salonning texnologikligi va hashamatini aks ettiradi; markaziy boshqaruv ekraniga o‘rnatilgan tizim kundalik foydalanish uchun qulay bo‘lgan turli ko‘ngilochar, navigatsiya va boshqa funktsiyalarni ta’minlaydi; hamda yangi jihozlangan aqlli avtonom ovoz tizimi avtomobil egalariga ko'plab foydalanish ko'rsatmalarini ovozli boshqaruv orqali berish imkonini taqdim etadi.

Interyer haqida so’z yuritsak, yangi TIGGO 8 PRO MAX bir zumda aviasalon muhitiga sho’ng’ishga jalb etuvchi 5+2 aviasinfidagi o'rindiqlarga ega. Bundan tashqari, 10 ta Sony dinamiklari bilan avtomobil saloni yuqori ovoz sifati va 34 detsibelli past shovqin bilan haydash jarayonini yanada maroqli qiladi.

Shuningdek, salon masofaviy faol mustaqil tozalanish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, mobil terminal orqali havoni avtomatik ravishda tozalab, avtomobildagi havoning tozaligini ta’minlaydi. Viruslarning kirib kelishini oldini olish va xavfsiz sayohatni kafolatlash uchun esa "CN95" antibakterial salon havo filtridan foydalanadi.

Yangi TIGGO 8 PRO MAX’ning tashqi ko'rinishi Chery oilasi uslubiga mos keladi - dinamik va zamonaviy. Yangi ishlab chiqilgan havo olish panjarasi yulduz kabi chiroylidir, hashamatli LED faralar esa nafaqat keng ko’lamli xususiyatlarni taqdim etadi, balki butun avtomobil texnologik ekanligini bildiradi; kuzovning ingichka chiziqlari butun avtomobilning dinamik holatini ta'kidlaydi, uning ort qismi dizayni esa oddiy va kelishgandir.

Yangi TIGGO 8 PRO o‘zining samaradorligi va quvvati, shuningdek, ilg‘or texnologik konfiguratsiyasi va boy ko‘rinishi tufayli O'zbekiston haydovchilari orasida yulduzga aylanishi kutilmoqda. Dunyo bo'ylab sotuvga chiqarilgach, yangi TIGGO 8 PRO MAX xalqaro bozorda yangi tendentsiyalar to'lqinini o'rnatadi. Kelajakda yangi TIGGO 8 PRO MAX butun dunyo bozorlariga kirib, Chery kompaniyasining yuqori sifatli va ilg‘or innovatsion texnologiyasini yerning har bir burchagiga olib kirib, har bir haydovchiga xizmat qiladi.

CHERY Uzbekistan’ning rasmiy kanallariga qo’shiling!

Telegram: @cheryuzbekistan

Instagram: @cheryuzbekistan

Bu yerda sizni tanlovlar, CHERY avtomobillari haqida ma’lumot va Chery Automobile Co., Ltd. haqida eng so’nggi yangiliklar kutmoqda.

Chery haqida

Chery asosiy texnologiyalarni o'zlashtirishga qaratgan qat'iyati uchun yaralganidan beri "texnologik Chery" nomi bilan tanilgan. U butun dunyo bo'ylab oltita tadqiqot va ishlanma markazlarini, an'anaviy yoqilg'i texnologiyasi, yangi quvvat, aqlli texnologiya ishlab chiqarish va boshqa sohalarda afzalliklarni keltirib chiqaradigan 5000 dan ziyod taniqli a'zolardan iborat rivojlanish guruhini tashkil etgan. Yangi quvvat vositalari bo'yicha 20 yildan ortiq tadqiqotlardan so'ng, Chery to'rtta avtomobil yig'ish platformasi, beshta asosiy quyi tizim va yettita kalit texnologiyalari bilan o'z yetakchiligini o'rnatdi. Uning EQ1 modeli Xitoyda mini-akkumulyatorli elektromobillar orasida yetakchiga aylandi. Chery aqlli ishlab chiqarish sohasida ommaviy ishlab chiqarishga erishish va L2.5 avtonom haydash texnologiyasini ishga tushirish bilan bir qatorda "CHERY LION" strategiyasini chiqardi, tadqiqot va ishlanmalar, ishlab chiqarish, marketing va xizmat ko'rsatishning butun hayoti davomida aqlli rejalashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqda. Jahon bozorini kengaytirish nuqtai nazaridan Chery butun dunyoga avtomobillar, CKD ehtiyoj qismlari, dvigatellar va avtomobil ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalarini eksport qilgan birinchi Xitoy avtomobil kompaniyasidir. Hozirgacha Chery o'z avtomobillarini 80 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qilib kelmoqda va 10 ta chet el zavodlari va 1500 dan ortiq chet el dilerlari va xizmat ko'rsatish markazlarini tashkil qildi. Dunyo bo'ylab qariyb 10 million foydalanuvchisi, jumladan, Xitoydan tashqari 2 million foydalanuvchisi bo'lgan Chery 19 yil davomida Xitoydan eksport qilinadigan yengil avtomobillar soni bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling