Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida avariya holati yuz berdi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qaytish liniyasidagi 800 mm diametrli quvurda shikastlanish aniqlangan.
Shu sabab 10-, 16- va S-massivlaridagi ayrim turar joylar vaqtinchalik issiq suvdan uzib qo‘yildi.
Issiq suv ta‘minotini tiklash 18:00 ga rejalashtirilgan.
Mutaxassislar ayni paytda avariya joyida zaruriy ishlarni amalga oshirmoqda.