Toshkentda qurilish krani ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chilonzor tumani, Tirsakabod ko‘chasida olib borilayotgan qurilish hududida 8-sentyabr kuni soat 18:00 larda minorali qurilish kranini o‘rnatish jarayonida kran qulab tushgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada o‘rnatish ishlarini olib borayotgan ishchi 2000-y.t. L.A. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Shuningdek, ishchilar 2004-y.t. I.Q. hamda 2000-y.t. M.A. turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a”  va “b”  bandlari (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling