Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Xabarga koʻra, stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
Ushbu stansiya Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan.