Foto: CentralAsia
27-oktyabr kuni Kiyevda 320 ming xonadon elektr taʼminotisiz qolgan. Bu deyarli 1 mln kishini tashkil qiladi. Bu haqda Ukrainaning energiya taʼminoti kompaniyasi rhbari Sergey Kovalenko maʼlum qildi.
“Kiyevda kuniga 159 mingdan 320 minggacha xonadon elektr taʼminotsiz qolmoqda. Bu 1 mlnga yaqin kishini tashkil qiladi. Kiyev viloyatida statistika bundan ham yomonroq. 27-oktyabr holatiga koʻra 500 mingdan ortiq isteʼmolchi hamon eletrsiz qolmoqda”, — deb yozadi u oʻzining Facebook sahifasida.
Shuningdek, Kovalenko yurtdoshlarini elektr energiyasini tejashga va undan maʼsuliyat bilan foydalanishga chaqirgan.
“Biz hujumlar oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz. Afsuski elekt taʼminotini normal holatga keltirish uchun vaqt yoʻq. Agar tunda elektrdan foydalanish kamaymasa, uzilishlar davom etadi”, — deya qoʻshimcha qilgan u.
10-oktyabrdan buyon Rossiya Ukrainaga zarbalarni kuchaytirdi. Ukraina rasmiylari energetika bilan bogʻliq vaziyatni oʻgʻir ekanligini taʼkidlamoqda. 27-oktyabr kuni Kiyev elektr taʼminotidagi uzilishlar jadvali kuchaytirilishini maʼlum qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling