Videodan lavha
Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2022 yarimfinal o‘yini yakunlanganidan keyin Yevropaning bir qancha shaharlarida tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda "RBC" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, katta norozilik namoyishlari Fransiyaning Avignon va Nitssa shaharlarida, shuningdek, Bryusselda qayd etilgan. Belgiya poytaxtida yashovchi marokashliklar fransuzlar uyini toshbo‘ron qilgani uchun ular uyning balkonidan Fransiya bayrog‘ini olib tashlashga majbur bo‘ldi.
O'z navbatida, Monpelyeda politsiya muxlislarni tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Eslatib o‘tamiz, muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘yin yakuniga yetmasdan ham boshlangandi. Har ikki jamoa muxlislari pirotexnika vositalaridan foydalanishgan.
Avvalroq Fransiya Marokashni 2:0 hisobida mag'lub etib, jahon chempionati finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgani xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling