O'zbekistonda yozda 140 dan ortiq odam cho'kib ketdi

Aniqlanishicha, cho‘kib ketganlarning 45,3 foizi voyaga yetmaganlar

Foto: meros.uz<br>

Foto: meros.uz

O‘zbekistonda 2022-yilning yozida 142 nafar fuqaro suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lni qisqartirish maqsadida suv, gaz va oqova suv quvurlaridan ko‘prik sifatida foydalaniladigan daryo, kanal va ariqlardan ehtiyotsizlik bilan kesib o‘tish, shuningdek, qirg‘oqbo‘yi uchastkalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan.

Eng achinarlisi, suvga cho‘kib ketganlarning 45,3 foizi voyaga yetmaganlar”, — deydi Samandar Hikmatullayev.

Qoʻshimcha qilinishicha, yana 51 ta holatda odamlar taqiqlangan joylarda cho‘milishgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling