London aholisi anomal issiqlik tufayli evakuatsiya qilindi

Anomal issiqlik tufayli Londonda yong‘inlar kelib chiqdi

Foto: Focus

Foto: Focus


Londonda yuzaga kelgan anomal issiqlik tufayli Britaniya poytaxti aholisi uylaridan evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Ta’kidlanishicha, yong‘inlar ko‘lami “jiddiy hodisa” sifatida baholanmoqda. Yong'inlar 300 ga yaqin fuqaro yashab kelayotgan bir nechta uylarni vayron qildi.

Yong‘inlar Dagenham va Barking shaharlari chekkasida, shuningdek, Apminster, Pinner, Sautgeyt, Xendon, Uembli va Eltam aholi punktlarida qayd etilgan.

O't o'chiruvchilarga qo'ng'iroqlar soni 1,6 mingdan oshdi, odatda ularning soni kuniga 300-350 tadan oshmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling