Sobiq futbolchi va sobiq futbol sharhlovchisi Alisher Uzoqov vayner-blogerlarga murojaat qildi.
Murojaatda u blogerlarga qo'shiq aytmaslikni tavsiya qilgan va har kim o'z ishi bilan shug'ullanishi kerakligini ta'kidlagan.
"Hozir men bir mavzu to'g'risida gapirmoqchiman. Hozirgi kunda juda aktiv bo'lib kelayotgan blogerlar, rahmat, zo'r. Juda yaxshi ketyapsizlar. Reklama, vinelar, turli kliplar suratga olyapsizlar.
Lekin bir narsa aytmoqchiman, iltimos sizlar ashula aytmanglar. Bu ishni o'z egalariga qo'yib beringlar. Menimcha bu sizlarni ishingizmas. Yana bilmadim adashayotgan bo'lishim mumkin.
Xurmatli blogerlar, iltimos iloji bo'lsa shu xonandalik sohasidan o'zinglarni uzoqroq ushlanglar. Shu ishni ashula aytishni biladiganlarga qoldiringlar", — deydi Alisher Uzoqov o'zining murojaatida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling