Qashqadaryo viloyati hokimligi 450 mln so'mga Equinox sotib olmoqchi

Prezident vazir va hokimlarga yil oxirigacha avtomobil hamda boshqa ayrim xaridlarni taqiqlagandi

Foto: Blogspot.com

Foto: Blogspot.com

Qashqadaryo viloyati hokimligi 450 mln soʻmga Equinox avtomobilini xarid qilish uchun "UzAuto Motors" dileri bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma Davlat xaridlari portaliga joylashtirilgan.

Bunga viloyat hokimining 18-oktyabrdagi qarori asos qilib keltirilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Eslatib oʻtamiz, mart oyida prezident vazir va hokimlarga yil oxirigacha avtomobil hamda boshqa ayrim xaridlarni taqiqlagandi. Davlat rahbari yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga:

  • moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan qurilishlarni boshlash;
  • bino taʼmirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirishni qatʼiyan taqiqlagan.

Hukumat qarori bilan tuman hokimlari xizmat mashinalari narxlari bazaviy hisoblashning 1 000 baravaridan, dvigatel eng yuqori quvvati 2 ming santimetr kubdan oshmasligi keltirilgan. Agar tuman togʻli hudud boʻlsa, bu quvvatni 3 ming santimetr kubgacha oshirishga ruxsat berilishi mumkin. Bazaviy hisoblash miqdorining istisno chegarasi koʻrsatilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling