Foto: alive.com
Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahri Pervomayskiy tumani bo‘yicha harbiy xizmatga chaqiruv komissiyasi binosiga noma'lum shaxslar o't qo'ydi. Bu haqda "Astra" xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 28-sentabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Vladivostok shahridagi Pervomayskiy tumani bo‘yicha harbiy xizmatga chaqiruv komissiyasi binosiga derazani sindirib, “Molotov kokteyli” uloqtirgan.
O‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar yong‘in o‘chirilgan, jabrlanganlar yo‘q.
Hozircha o‘t qo‘yish bo‘yicha hech kim hibsga olinmagan.
Rossiya Federatsiyasida safarbarlikning birinchi haftasida 10 dan ortiq bunday o't qo'yish sodir bo'ldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling