Jonni Depp Toshkentdagi kinofestivalda ishtirok etadi

Aktyor festivalda o‘zining so‘nggi aktyorlik va prodyuserlik ishlaridan biri – “Minamata” filmini taqdim etadi

Foto: theguardian

Foto: theguardian

“O‘zbekkino” matbuot xizmati  taniqli aktyor, rejissyor va prodyuser Jonni Depp, shuningdek, mashhur amerikalik rejissyor Endryu Levitas bilan uchrashuv bo‘ladi, deb xabar berdi.

13- sentabrdan boshlab 18-sentabrgacha XIV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, yulduzli tandem bo‘lajak kinofestival mehmonlari va ishtirokchilariga o‘zlarining qo‘shma ishlari – “Minamata” nomli filmini taqdim etadi.

Minamata — Endryu Levitas rejissyoriligi ostida suratga olingan dramatik film. Filmda Jonni Depp film prodyuseri va amerikalik fotograf Uilyam Yudjin Smit rolini o'ynaydi. U simobdan zaharlanishning Yaponiyaning Minamata qirg'oq shahri aholisiga ta'sirini hujjatlashtirgan.

Filmni tomosha qilgandan so'ng, yulduz tandem bilan birgalikda filmning onlayn muhokamasi bo'lib o'tadi.

Jonni Depp - zamonamizning eng mashhur aktyorlaridan biri, "Oltin globus" va boshqa ko'plab kino mukofotlari sohibi hisoblanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling