Navoiyda davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora bilan qo'lga tushgani aytilmoqda

Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Navoiy viloyati Karmana tumanining davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora bilan qoʻlga tushgani aytilmoqda. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan.

Tadbir davomida Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori “S” MCHJ rahbariga 10 ming dollar evaziga ushbu MCHJga qarashli kafeda oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllamaslik va tekshiruv dalolatnomasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgani aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruvlar natijasida bosh inspektor kelishilgan puldan 9000 dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling