Samarqandda fuqaroni 40 ming dollar evaziga AQSHga jo'natishni va'da qilganlar qo'lga olindi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Samarqand viloyatida fuqaroni katta pul evaziga AQSHga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida Payariq tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaro boshqa bir fuqaroni soxta hujjatlar yordamida Turkiya va Yaponiya orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilgani aniqlangan.

Mazkur fuqaro bu ishning evaziga 40 ming dollar miqdorda pul talab qilgan va u dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun kelishilgan puldan 10 ming dollari hamda ushbu fuqaroning xorijiy pasportini talab qilib olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Davom ettirilgan tekshiruv tadbirlarida, mazkur shaxs ushbu jinoyatni Toyloq tumanida yashovchi 28 yoshli tanishi bilan til biriktigan holda amalga oshirayotgani maʼlum boʻlgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling