Zangiota tumani hokimining yordamchisi pora bilan qo'lga tushdi

U tovlamachilik yoʻli bilan talab qilingan 5000 dollar puldan 5 mln soʻmini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Foto: Toshkent metropoliteni matbuot xizmati<br>

Foto: Toshkent metropoliteni matbuot xizmati

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimining yordamchisi pora bilan qoʻlga tushgani aytilmoqda. Bu haqda “Toshkent Metropoliteni” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 16-noyabr kuni “Toshkent metropoliteni” DUKning “Rejim va ichki xavfsizlik” xizmati hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida bir qator tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida, “Toshkent metropoliteni” DUK xodimi va Zangiota tumani “Boʻzsuv” QFYda hokim yordamchisi fuqarodan tovlamachilik yoʻli bilan talab qilingan 5000 dollar puldan 5 mln soʻmini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, mazkur tadbirlar davom ettirilib, ularning ikki nafar sheriklari ham qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling