Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, yil boshidan buyon 3,2 milliondan ortiq O'zbekiston fuqarosi xorijga chiqqan.
Ma'lumotlarda qayd etilishicha, o'zbekistonliklar asosan qarindoshlarini ko'rish maqsadida chet el safarlariga chiqqan. Ma'lum bo'lishicha, yaqinlarini ko'rish uchun xorijga borgan o'zbeklar 2,7 million ko'rsatkichni qayd etgan.
Shu bilan birga, 435,6 ming nafar o'zbekistonlik dam olish maqsadida chet elga safar qilganlar.
Joriy yilning 1-avgust holatiga ko'ra, 112,1 ming kishi chet elga o'qish uchun ketgan, yana 34,9 ming kishi davolanish uchun xorijga jo'nab ketgan.
Migrantlik safarlari bu ro'yhatning eng oxirgi o'rnini band qilgan. Unga ko'ra, 9,2 ming nafar o'zbek fuqarosi ishlash maqsadida chet elga ketgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling