Foto: Repost.uz
2020-yil 10-apreldagi qonunga binoan 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan edi. Ko‘pchilik fuqarolar ertaga dam olish kuni bo‘ladimi, deb so‘rashmoqda. Bu haqda Xushnudbek o'zining telegram kanalida ma’lumot berdi.
Xabarda keltirilishicha, 21 oktyabr dam olish kuni emas.
Mehnat kodeksidagi matndan mantiqiy kelib chiqsak, barcha bayramlar ham dam olish kuni bo‘lavermaydi. Masalan, 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni yoki 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dam olish kunlari emas. Yoxud ko‘plab kasb bayramlarini bunga misol keltirish mumkin.
Agar bayramlar dam olish kuni deb belgilansa, qonunda bu alohida ko‘rsatiladi. Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan O‘zbekistonda 9 ta bayramda dam olinadi. O‘zbek tili bayrami ular ro‘yxatida yo‘q.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling