Foto: You Tube
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida Damas oʻz yoʻnalishida harakatlanayotgan velosipedchini urib yubordi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Uchkoʻprik tumani “Tojik” MFY Mullazoyir qishlogʻidan oʻtgan avtomobil yoʻlining 5-kilometrida Bagʻdod tumanida yashovchi, 30 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas oʻz yoʻnalishida harakatlanayotgan velosipedchini urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovchisi vafot etgan.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, boshqa mashina tufayli velosipedchi Damas'ning yo'liga chiqqan va haydovchi 50-60 km/soat tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa-da, tezligini pasaytirishga ulgurmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling