Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 409 million so'mga mashina sotib olgani ma'lum bo'ldi

Shavkat Mirziyoyev yil yakuniga qadar mashina sotib olishni taqiqlagan edi

Foto: fb.com/mvsso

Foto: fb.com/mvsso

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 29-iyun kuni 409 million so‘mga Skoda Kodiaq avtomobilini sotib olgan.

31-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida prezident Shavkat Mirziyoyev yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga quyidagilarni taqiqlagan edi:

moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan qurilishlarni boshlashni;

bino taʼmirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirishni.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tuzgan shartnomaga ilova qilingan hujjatlardan ko‘rinadiki, 15-iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yangi tashkil etilgan vazir o‘rinbosari lavozimi uchun bir dona yengil avtomobil xarid qilishga ruxsat berilgan.

Shunga qaramay, nima uchun vazirlik aynan 409 million so‘mga Skoda Kodiaq avtomobili xarid qilgani noma’lum. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling