Farg'onada ayol o'zini mashinadan tashlab yuborishi oqibatida vafot etdi

Ayol turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib qolgan

Foto: Sof.uz<br>

Foto: Sof.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-noyabr kuni Fargʻonada ayol vavahshiylarcha oʻldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, ushbu maʼlumotlar asossiz boʻlib chiqdi. Ayol oʻldirilmagan aksincha u oʻz joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Repost.uz ga maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 28-oktyabr kuni soat taxminan 19:00 lar atrofida Buvayda tumani, “Buyuk ipak yoʻli” MFY da yashovchi 34 yoshli ayol oʻzini mashinadan tashlab yuborgan.

Qayd etilishicha, ayol turmush oʻrtogʻiga tegishli Damas mashinasida ketayotib, u bilan janjallashib qolgan va oʻzini harakatlanib ketayotgan mashinadan tashlab yuborgan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokurori boshchiligida tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilgan va qon dogʻi namunalari tekshirib koʻrish uchun olingan.

Shuningdek, hodisa joyini tekshirish davomida chizmasi chizilgan, ayolning turmush oʻrtogʻiga tegishli Damas avtomashinasidan qoldirilgan 2,80 metr tormoz izi aniqlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertiza natijalariga koʻra, ayolda bosh miya ochiq jarohati, boshning ensa sohasida ezilib yirtilgan holatlari maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, ayol bosh qismining ensa, ikkala chakka asos suyaklari sinishi, bosh miya tur pardalari ostiga qon quyilishlari, bosh miya moddasi shishi, chap peshona sohasida qontalashi, ikkala tizza oldi yuzalarida shilinmalari, chap soni qontalashlar aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling