Toshkentda qariyb 60 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

O‘simlik dunyosiga salkam 800 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan

Foto: Davlat Ekologiya qo'mitasi

Foto: Davlat Ekologiya qo'mitasi

Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida “DREAM HOUSE STROY” nomli MCHJga tegishli yer maydonidagi jami 58 dona har hil turdagi manzarali va mevali daraxtlar ildiz qismlari bilan qo‘porib tashlanganligi aniqlandi. Bu Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda maʼlum bo‘ldi.

Daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganligi natijasida o‘simlik dunyosiga jami 797 mln 700 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Foto: Davlat Ekologiya qo'mitasi

Foto: Davlat Ekologiya qo'mitasi

Daraxtlarni kesish orqali Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi talablari buzilib, Davlat ekologiya inspektorlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksning 197. 6-moddasi, "Jinoiy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksning 198-moddasiga asosan javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling