Buxoro viloyati Qorako'l tumanining sobiq hokimi qamoqqa olindi

Bosh prokuratura ushbu maʼlumotni “Repost.uz” nashri soʻroviga asosan taqdim etdi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanining sobiq hokimi qamoqqa olindi. Bosh prokuratura ushbu maʼlumotni “Repost.uz” nashri soʻroviga asosan taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyat prokuraturasining ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida davlat manfaatlariga juda koʻp miqdordagi zarar yetkazgan Korakoʻl tumani sobiq hokimiga Jinoyat kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Maʼlumot uchun, u 2020-yilda Olot tumani hokimligidan boʻshatilib, Qorakoʻl tumani hokimi etib tayinlangan.

2021-yil 23-dekabr kuni esa ushbu lavozimdan ham olingan va uning oʻrniga Xurshid Tohirov Qorakoʻl tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling