Indoneziyada bolalar o'limiga sabab bo'lgan dori vosiatalari sotuvi bir muddat to'xtatildi

Davolanayotgan bemorlar oʻrtasida oʻlim darajasi 65 foizni tashkil qilmoqda

Foto" width="540" height="360" style="height: auto;">

Foto" Tempo.co

Inson taraqqiyoti va madaniyati boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vazir Muhadjir Effendi Indoneziya hukumati bolalarga oʻtkir buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishda gumon qilingan dorilarni tarqatishni vaqtincha toʻxtatganini maʼlum qildi.

2022-yil avgust oyi oxiridan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi va Indoneziya pediatrlari assotsiatsiyasi (IDAI) asosan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydigan atipik progressiv o‘tkir buyrak shikastlanishi (AKI) ko‘payganligi haqida maʼlum qilgan.

O‘tgan haftada Gambiyada yo‘tal siropi 70 ga yaqin bolaning o‘limiga sabab bo‘lgandi. 2022-yil 18-oktyabr holatiga koʻra, 20 viloyatdan 206 ta holat qayd etilgan boʻlib, qurbonlar soni 99 nafarga yetgan.

Maʼlumotlarga koʻra, davolanayotgan bemorlar oʻrtasida oʻlim darajasi 65 foizni tashkil qilmoqda.Epidemiologlarning aytishicha, haqiqiy oʻlim soni xabar qilinganidan ham yuqori boʻlishi mumkin.

Maʼlum qilinishicha, ushbu dori vositalari mahalliy yoki xorijiy ishlab chiqaruvchilarga tegishli ekani hozircha nomaʼlum.

Xabarga koʻra, oktyabr oyining boshida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Gambiyada deyarli 70 bolaning oʻlimi bilan bogʻliq boʻlgan toʻrtta yoʻtal siropi haqida global ogohlantirish e'lon qilgan edi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Hindiston farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan siroplarda diyetilen glikol va etilen glikolning “qabul qilib bo‘lmaydigan miqdori” borligini aniqlangan.

JSST ning taʼkidlashicha, buyrakning oʻtkir shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling