Foto: Repost.uz
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Dehqonobod tumani hokimi yordamchilaridan biri kredit mablagʻlarini oʻzlashtirganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tumandagi “Beshqoʻton” MFYda hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan shaxs bir guruh tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan oʻzaro jinoiy til biriktirgani aniqlangan.
U davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablagʻlarini oʻzlashtirganlik holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Dastlabki tergov davomida fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov yakuni boʻyicha batafsil axborot beriladi” — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling