Muzrabot tumani sobiq hokimiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgani aytildi

U 4,2 gektar yerni qarindoshlariga bo'lib berib, 35 mlrd soʻmlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Foto: Muzrabot tumn hokimligi

Foto: Muzrabot tumn hokimligi

2022-yil sentyabr oyida lavozimidan ozod qilingan Muzrabot tumanining sobiq hokimiga nisbatan DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda "O'zA" xabar berdi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida maʼlum bo'lishicha, u mazkur tumandagi umumiy qiymati 1,7 mlrd soʻm boʻlgan 4,2 gektar yer maydonini auksion savdolarisiz oʻzining yaqin qarindoshlariga rasmiylashtirib bergan.

Shuningdek, tumandagi banklar uning yaqin qarindoshlari nomlariga turli maqsadlarda 166 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratgan boʻlib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. Hozirda bank muassasalari tomonidan oʻz vaqtida toʻlovlari amalga oshirilmagan 121 mlrd 406 mln soʻmlik kredit mablagʻlarini undirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJda olib borilayotgan taftish davomida aniqlanishicha, sobiq hokim ishtirokida qiymati 35 mlrd soʻmlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167 (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suite'mol qilish) va 209 (mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling