Qarshida sodir bo'lgan daxshatli YTH da 8 kishi halok bo'ldi

Ushbu baxtsiz hodisa tavsilotlari aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida sakkiz kishining hayotiga zomin bo'lgan YTH yo'lning ta'mirtalabligi sababli sodir bo'lgan bo'lishi mumkin.

Mazkur hodisa 15-avgust kuni Muborak tumanida sodir bo'lgan.

Foto: Kun.uz<br>

Foto: Kun.uz

Gentra egasi Qamashi tumanidan bo'lib, harbiy xizmatchi ekani aytilmoqda. Bu vaqtda mashinada uning turmush o'rtog'i va to'rt nafar voyaga yetmagan farzandi bo'lgan. Baxtsiz hodisa natijasida butun oila halok bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ikkinchi mashinada Muborak tumanidan bo'lgan abituriyent qiz imtihon topshirib, onasi bilan uyga qaytayotgan bo'lgan. Mashinalar to'qnashgan paytda u tashqariga otilib ketgan va tirik qolgan. Qizning onasi hamda Spark haydovchisi yonayotgan mashina ichida qolib ketgan va voqea joyida halok bo'lgan.

Keyinroq, abituriyent qiz viloyat bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga umurtqa pog'onasi shikastlanishi, bosh miya ichiga qon ketishi va o'ng son suyagining sinishi tashxisi qo'yilgan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu yo‘l transport harakati uchun yetarli darajada keng. Yo'lning Koson tumanidan Muborak tumanigacha bo'lgan qismida bir vaqtning o'zida to'rtta mashina yonma-yon harakatlana oladi.

Biroq yo'lning aksariyat qismida o'ydim-chuqurlik hosil bo'lgan, asfaltning bo'rtib chiqqan joylari ko'p.

Ushbu baxtsiz hodisa sodir bo'lgan A-380 yo'lida to'qnashuvlarga ko'p guvoh bo'lish mumkin. Ta'kidlanishicha, u yerda baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo'ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling