Foto: krone.at
Yevropadagi kuchli bo'ron sabab 12 kishi halok bo'ldi. Bu haqda "Israel News" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qurbonlarning aksariyati Avstriyaning shimoli-sharqida bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, u yerda bo'ron sabab besh kishi, jumladan, ikki bola halok bo'lgan. 13 nafarga yaqin kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bo'ron o'nlab uylarga ham zarar yetkazgan.
Foto: CentralAsia
Ma'lum bo'lishicha, tabiiy ofat Italiyaning shimoli-g'arbiy qismi boshqalariga qaraganda ko'proq zarar ko'rgan.
Foto: CentralAsia
Natijada ikki kishi halok bo'ldi, 18 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Kuchli yomg'irlar, suv toshqinlari tufayli mahalliy hokimiyatlar odamlar gavjum bo'lgan bog'lar va boshqa joylarni yopib qo'ygan.
Bo'ron sabab Fransiyada 5 nafar inson halok bo'lgan. O'n minglab odamlar elektr ta'minotisiz qolgan.
Bundan tashqari, Venetsiya shahrida kuchli shamol Avliyo Mark cherkoviga zarar yetkazgan. Buning oqibatida sayyohlar evakuatsiya qilinib, sayyohlik hududi o‘rab olingan.
Foto: CentralAsia
So'nggi kunlarda G'arbiy Yevropada bo'ronlar kuzatildi, Markaziy va Sharqiy Yevropada rekord darajadagi issiqlik va qurg'oqchilik davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling