Ummon guruhi a'zosi Zohid BMW mashinasida avariyaga uchradi — video

Uch nafar fuqaro, jumladan haydovchi kasalxonaga yotqizilgan

Ummon guruhi a'zosi Zohid BMW mashinasida avariyaga uchradi — video

Videodan kadr

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt IIB matbuot xizmati.

Baxtsiz hodisa 29-sentabr kuni soat 23:00 da sodir bo‘lgan. BMW haydovchisi Z.R. (“Ummon” guruhining sobiq solisti) Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishaharga harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘ldan chiqib ketgan.

Haydovchi va ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan, yana bir fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar