Mbappening "Real Madrid" yoki " Manchester Yunayted"ga o'tishini aytayotgan futbolchilar, Ozarbayjondagi turnirda yetakchilik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov, Shohjahon Ergashevga qarshi "Bunyodkor" stadioni jang qilishni hohlayotgan Shahram— kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: News18

Foto: News18

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Nodirbek Abdusattorov hamon Ozarbayjondagi turnirda peshqadam boʻlib turibdi

Skrinshot

Skrinshot

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan anʼanaviy musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysterlari qatorida rapid boʻyicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suryapti.

Fairmont Boku mehmonxonasida oʻtayotgan musobaqaning ikkinchi kungi bahslari oʻz yakuniga yetdi. Bugun Nodirbek kun davomida uchta oʻyin oʻtkazdi va ularning 1 tasida gʻalaba, 2 tasida durang qayd etdi.

4-tur. Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) - Nodirbek Abdusattorov - 0,5 : 0,5

5-tur. Nodirbek Abdusattorov - Vang Xao (Xitoy) - 0,5 : 0,5

6-tur. Sem Shenklend (AQSH) - Nodirbek Abdusattorov 0:1

6-turdan soʻng Abdusattorov hisobidagi ochkolar soni 10 taga yetdi. Shaxmatchi hamon musobaqani peshqadam sifatida boshqarib bormoqda. Uning eng yaqin taʼqibchisi Rauf Mamedovda 9 ochko bor. Xitoylik Vang Xao esa 8 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Konor qaysi vaznda oktagonga chiqishini maʼlum qildi

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregor navbatdagi jangini oʻrta vaznda oʻtkazmoqchi.

“Navbatdagi jangimni oʻrta vaznda oʻtkazishga 100 foizga ishonaman. Bu vaznda jang qilish uchun yetarli darajada yirikman deb oʻylayman. Men oʻrta va yarimogʻir vaznli jangchilarga qarshi sparing oʻtkazdim”, - deya fikr bildirdi Konor.

Eslatib oʻtamiz, Konor soʻnggi bor UFC 264 turnirida Dastin Poryega qarshi oktagonga koʻtarilib, oyogʻidan jiddiy jarohat olgan va texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchragan edi.

Runi Mbappeni “Real” yoki MYuga oʻtishga undamoqda

Foto: Bleacher sport

Foto: Bleacher sport

“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Ueyn Runi Kilian Mbappe nima qilishi kerakligi haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Menimcha, u bu jamoani tark etib, APLga oʻtishi kerak. PSJ – katta klub, ammo Kilian Liga 1da hamma narsaga erishdi. Ehtimol, u ”Manchester Yunayted“ yoki ”Real“ga oʻtishi kerakdir.

Agar u Messi va Ronaldu darajasiga chiqmoqchi boʻlsa, ”Manchester Yunayted“ yoki ”Real“ga oʻtishi kerak, deb hisoblayman”, – dedi Runi.

Shahram Gʻiyosov Shohjahon Ergashevga qarshi jang haqida gapirdi

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Bokschi Shahram Gʻiyosov Shohjahon Ergashevga qarshi jang haqida fikr bildirdi.

“Dunyoga bu jang kerakmas, biroq Oʻzbekiston uchun kerak. Oʻzbekistonda har ikkimizning muxlislarimiz bor. Ikkimiz hali magʻlub boʻlmaganmiz. Unga qarshi jang orqali qanday kuchga ega ekanliginimi bilib olishim ham mumkin. Bizning jang uchun «Humo arena” kichiklik qiladi. Jangimiz “Bunyodkor”da boʻlishi kerak»,-deb fikr bildirdi Shahram.

“Oltin toʻp-2023” uchun daʼvogarlarning yangi reytingi eʼlon qilindi va unda yetakchi oʻzgarmadi

Foto: PunchNG

Foto: PunchNG

“Goal” 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun nomzodlar roʻyxatini yangiladi.

Unda oʻtgan reytingdagi kabi Lionel Messi yetakchi sifatida qayd etilgan. Shuningdek, ilk bor top-20 roʻyxatga “Aston Villa” hamda Argentina TJ aʼzosi Emiliano Martines (20-oʻrin) va “Benfika” yarim himoyachisi Enso Fernandes (14-oʻrin) kiritildi.

Top-10 esa quyidagicha:

1. Lionel Messi (PSJ)

2. Kilian Mbappe (PSJ)

3. Erling Xoland (“Manchester Siti”)

4. Neymar (PSJ)

5. Robert Levandovski (“Barselona”)

6. Vinisius Junior (“Real”)

7. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”)

8. Xulian Alvares (“Manchester Siti”)

9. Muhammad Saloh (“Liverpul”)

10. Xvicha Kvarasxeliya (“Napoli”)

Amaldagi “Oltin toʻp” sohibi Karim Benzema esa kuchli 20 futbolchi orasida yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar