Foto: Zarnews
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tomonidan transport harakati tezligini 70 dan 60 km/soatgacha cheklash taklifi maʼqullandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Tezlik chegarasi quyidagi yoʻllarda pasaytiriladi:
- Samarqand shahridagi Afrosiyob, Dagbitskaya va Gagarin koʻchalarida;
- Samarqand halqa yoʻlining M-37a 40—43-kmlarida;
- Samarqand shahridagi Amir Temur, Kattaqoʻrgʻon shahridagi Oʻktam Barnoyev koʻchalarida;
- Urgut tumanidagi 57−64 km oraligʻidagi yoʻl uchastkasi;
- Tayloq-Urgut yoʻnalishi boʻyicha 22—24-kilometrlar oraligʻidagi 4P-50 yoʻl uchastkasi;
- Urgut-Pochvon-Ustaxona yoʻnalishi boʻyicha 0-2 km oraligʻidagi yoʻl uchastkasi;
- “Bulungʻur-Urgut M39” 4P-47 yoʻnalishi boʻyicha 0-5 km oraligʻidagi yoʻl uchastkasi;
- Tayloq tumanidagi “Samarqand-Ayniy” yoʻnalishi boʻyicha 2-9 km oraligʻidagi yoʻl uchastkasi.
Maʼlum qilinishicha, endilikda mazkur taklif Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasiga taqdim etiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling