Navoiy viloyatida maktab direktori o'quvchi qizni kaltakladi. Bu haqda viloyat prokraturasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, voqea Navoiy viloyatida joylashgan 11-sonli ixtisoslashgan umumta'lim maktabida sodir bo'lgan.
Xabarga ko'ra, o'quvchi qizning ota-onasi Navoiy shahar IIB ga 16 yoshli qizi maktab direktori tomonidan hushini yo'qotguncha kaltaklangani, qizni urib unga tan-jarohati yetkazgani yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo'lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, tekshirish harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling