Foto: sabcnews
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlanish bo'yicha o'z taklifini kiritdi.
— Qrimni 1783 yildan beri boʻlgani kabi (Xrushyovning xatosigacha) Rossiyaning bir qismi sifatida saqlab qolish;
— Qrim uchun suv taʼminoti kafolatlari;
— Ukrainaning neytral maqomi;
— Rossiya tarkibiga kirgan hududlarda BMT kuzatuvi ostida yangi referendumlar oʻtkazish. Axolining xohish istaklariga qarab Rossiyaning ushbu xududlardan chiqib ketishi.
Keyinroq Ukraina prezidenti administratsiyasi rahbari maslahatchisi Podolyak Ilon Maskning Qrimni Rossiya tarkibida qoldirish haqidagi taklifiga oʻz munosabatini bildirdi:
– Ukrainaning oʻz hududlariga egalik qilishi, shuningdek, Rossiyaning anneksiya qilingan Qrimni tashlab chiqib ketishi;
– Rossiyaning demilitarizatsiya va majburiy denuklearizatsiyadan oʻtishi va boshqalarga tahdid solmasligi;
– Harbiy jinoyatchilar xalqaro tribunalda jazolanishi.
Shundan keyin Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Maskning tvitiga javoban: "Qaysi Maskni ko'proq yoqtirasiz? Ukrainani qo'llab-quvvatlaydiganmi yoki Rossiyani qo'llab-quvvatlaydigan?", — deb tvit joylashtirgan.
Ilon Mask ushbu tvitini yozganidan so'ng Tesla kompaniyasi aksiyalari 9 foizga tushib ketgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling