Foto: Sputnik
Qozogʻiston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirining sobiq oʻrinbosari Timur Toʻqtaboyev hibsga olindi. Bu haqda "Sputnik" xabar bermoqda.
Toʻqtaboyev mansab vakolatini suisteʼmol qilganlikda gumon qilinmoqda. Qoʻlga olingan shaxs vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari bilan birgalikda foydali qazilma konlarini tadbirkorlarga noqonuniy ravishda oʻtkazib bergani xabar qilingan.
Ma'lum qilinishicha, sud sanksiyasi bilan sobiq mansabdor shaxs va uning oilasining qimmatbaho koʻchar va koʻchmas mulki garovga olingan.
Xususan, sobiq amaldor va uning oilasiga tegishli elita xususiy uylar, yer uchastkalari, "Cadillac Escalade", "Mercedes-Benz Maybach S580 4 Matic", ikkita "BMW X5 Xdrive40I", "Bentley Bentayga V8" olib qo'yilgan.
Timur Toʻqtaboyev 2019-yilning fevralidan dekabrigacha sanoat vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling