Qashqadaryoda ikki yigit qalbaki 13,4 ming dollarga mashina sotib oldi

Fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan

Foto: repost.uz

Foto: repost.uz

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida sotib olingan avtomobil egasiga qalbaki pullarni bergan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 7-oktyabr kuni Shahrisabz tumani “Shamaton” mahallasida yashovchi 25 yoshli A.Jumayev hamda 23 yoshli R.Murodov fuqaro M.Nazarovaning Cobaltʻini 13,4 ming dollarga sotib olishga kelishgan.

Ular oʻzlarida avvaldan saqlab kelgan qalbaki bir xil seriya va raqamlarga ega boʻlgan 134 dona 100 dollarlik kupyurada jami 13,4 ming dollarni fuqaro M.Nazarovaga transport vositasi puli sifatida bergan.

10-oktyabr kuni Bosh prokuratura departamentining Shahrisabz tuman boʻlimi tomonidan A.Jumayev va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “b,v” bandlari va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling